Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/09/2025
Chop etish
O‘zbekistonlik yoshlar Londonda xalqaro olimpiadada.

2025-yil 21–27-sentabr kunlari Buyuk Britaniyaning poytaxti Londonda TeenEagle xalqaro ingliz tili olimpiadasining FINAL bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli bellashuvda O‘zbekiston yoshlari qatorida Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Risqulov Abdulaziz yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib kumush medal sohibi bo‘ldi. Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey vakili Risqulov Abdulazizning xalqaro miqyosdagi olimpiadaga chiqishi, nafaqat universitet va ta’lim muassasasi, balki butun Jizzax viloyati uchun katta faxrdir.

Abdulaziz Risqulovga kelajakda ulkan omad va yuksak natijalar tilaymiz!


Ulashish:
1 965
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.