Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O’zbekistonda ERASMUS+ Haftaligi

ERASMUS+ dasturi nima? Erasmus +  – Yevropa Ittifoqi  dasturi, ta’lim, kasb-hunar ta’limi, yoshlar bilan ishlash va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va harakatchanlikni qo’llab-quvvatlaydi. 2014 yildan 2020 yilgacha davom etadigan ushbu dastur Yevropa davlatlari o’rtasida ham, Yevropa davlatlari bilan va dunyodagi hamkor mamlakatlar o’rtasidagi ushbu sohalarning barchasini rivojlantirish uchun mablag’ ajratadi. 2020/2021 o’quv yili uchun so’nggi tanlov doirasida O’zbekiston universitetlari, o’qituvchilari, talabalarining jamoaviy va individual ishtiroki uchun dasturning quyidagi yo’nalishlari ochiq edi: Oliy ta’lim salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education), Xalqaro Kredit Mobilligi (International Credit Mobility), Erasmus Mundus Qo’shma magisterlik dasturlari (Erasmus Mundus Joint Master Degrees) va Jean Monnet dasturi. Amaldagi Erasmus+ dasturining davomi sifatida 2021-2027 yillardagi yangi Erasmus dasturi uchun uch baravar byudjet allaqachon tasdiqlangan. Yangi tanlovlar haqida ma’lumot 2020 yil oxirida kutilmoqda. ERASMUS+ Haftaligining vazifalari 12-17 oktyabr 2020
  • O’zbekiston oliy o’quv yurtlari va qiziquvchi tomonlar uchun Erasmus+ loyiha guruhlarining doimiy hamkorligi va tajribasi haqida ma’lumotlar bilan almashish.
  • Yevropadagi hamkor-universitetlarida qisqa muddatli ta’lim olish imkoniyatlari, Erasmus Mundus qo’shma magisterlik dasturlari stipendiyalar, Yevropa universitetlarida professor-o’qituvchilar uchun o’qitish va tadqiqot olib borish imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot berish.
  • Erasmus Mundus va Erasmus+ dasturlari bitiruvchilarining noyob xalqaro tajribalari bilan tanishtirish.
  • Talabnomalarni topshirish bo’yicha amaliy maslahatlar berish va ma’lumotlarni qidirish va grantni olish uchun hujjatlarni tayyorlash bo’yicha maslahatlar berish.
2020 yil 15-17 oktyabr kunlari butun dunyo bo’ylab Erasmus kunlarining (ErasmusDays) nishonlanishi bilan birga Erasmus+ haftaligi ham tashkil qilinmoqda. Ushbu kunlar davomida dasturning harakatchanlik afzalliklari va Erasmus+ loyihalari natijalari to’g’risida turli xil axborot tadbirlarini o’tkazishga qaratilgan. Masalan, o’tgan yili #ErasmusDay kunlari doirasida 53 mamlakatda 3 995 ta tadbir tashkil qilingan, shulardan 5 tasi O’zbekistonda o’tkazildi. #ErasmusDays  – 15, 16, 17 oktyabr 2020 Bu yil to’rtinchi marta turli mamlakatlarda Erasmus kunlarini o’tkazish tashabbusi qo’llab-quvvatlanmoqda. Barcha Erasmus+ benefitsiarlari ushbu 3 kun davomida tadbirlarni tashkil etishga yoki Yevropada va undan tashqarida o’tkaziladigan turli tadbirlarda qatnashishga taklif qilinadi. Bu dasturning barcha ishtirokchilari uchun o’z loyihalari haqida aytib berish, o’z tajribalari bilan o’rtoqlashish va natijalarni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Qanday ishtirok etish mumkin? Xalqaro kunlar dasturi bilan #ErasmusDays veb-saytida https://www.erasmusdays.eu/organize-event/ orqali tanishish va Sizni qiziqtirgan tadbirni tanlashingiz mumkin. 12-17 oktyabr kunlari O’zbekistondagi Erasmus+ haftaligi dasturi NEO veb-saytida va barcha ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan. Bu yil COVID-19 pandemiyasi tufayli Erasmus+ haftaligi va #ErasmusDays 2020 onlayn tarzda bo’lib o’tadi, tegishli manbalar quyida keltirilgan. Tashkilotchilar                                                            O’zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi, O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning O’zbekistondagi elchixonalari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat Inspektsiyasi, Oliy ta’lim bo’yicha ekspertlar milliy guruhi, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti, Urganch davlat universiteti, Samarqand veterinariya tibbiyot instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.