Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2022
Chop etish
“O‘zbekiston  va xorijda maktabgacha ta’lim: kecha, bugun va ertaga” mavzusida Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Jizzxa davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti, “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston  va xorijda maktabgacha ta’lim: kecha, bugun va ertaga” mavzusida Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha  ta’lim vaziri maslahatchisi p.f.d.prof. K.J.Riskulova, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi p.f.d. prof.  O.R.Jamoldinova,

Jizzax shahar 32-sonli DMTT direktori D.N.Jabborova, Ukraina milliy akademiyasi pedagogika instituti psixologiya fanlari doktori Chudakova Vera Petrovna, Belarusiya Respublikasi  Baranovich davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti maktabgacha va boshlang‘ch ta’lim kafedrasi mudiri p.f.n. dots. Dubeshko Natalya Grigorevna, O‘zPFITI direktori  Pedagogika fanlari doktori, professor I.X.Ibraimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Anjumanda 321 nafar olimlar o‘zlarining ilmiy  maqolalari bilan qatnashdi. Shundan,  xorijiy davlatlardan – 41 ta ,O‘zbekiston Oliy ta’limidan – 61 ta, Jizzax Davlat pedagogika universitetidan – 154 ta maqola, Jizzax va boshqa viloyat Maktabgacha ta’lim tashkilotidan – 65 ta maqola  xalqaro ilmiy anjumanga taqdim etildi. Anjumanda Bolalarni ijtimoy-hissiy, jismoniy rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish texnologiyalari, Tarbiyalanuvchilarda nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirish metodlari va ijodkorlikni rivojlantirish, Mahalla, oila va MTT hamkorligida bolalarni maktabga tayyorlash tizimini takomillashtirish, Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va nodavlat MTTlarini boshqaruvida integrativ yondashuv, O‘zbekiston va xorijda maktabgacha ta’lim islohatlari mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Fikr mulohazalar bildirildi.

“O‘zbekiston va Xorijda maktabgacha ta’lim: kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Manzura Norqo‘zieva tayyorladi.


Ulashish:
975
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.