Gender tengligi
Gender tengligi
|
16/12/2024
Chop etish
O‘zbekiston gender tenglik bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdi
O‘zbekiston 2024 yilda Gender tenglik va boshqaruv indeksi (GEGI) (https://globalgovernanceforum.org/wp-content/uploads/2024/12/Gender-Equality-and-Governance-Index-20242025-A-Critical-Time-for-Women-to-Lead.pdf) 72,8 (https://globalgovernanceforum.org/wp-content/uploads/2024/12/Gender-Equality-and-Governance-Index-20242025-A-Critical-Time-for-Women-to-Lead.pdf) ball to‘plab, 52-o‘rinni egalladi.
2022 yilgi natijalar bilan taqqoslaganda, mamlakatimiz ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha 51 ta pog‘onaga ko‘tarilib, gender tenglik sohasidagi erishgan yutuqlarimizni namoyish etdi.Ushbu indeks 158 ta mamlakatni qamrab olib, gender tenglikka erishish yo‘lida muvaffaqiyat va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi. O‘zbekistonning yutuqlari asosidagi muhim islohotlar:
🔹Xotin-qizlarni IT va STEM sohalariga faol jalb etish;
🔹Qizlar uchun raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha ta’lim dasturlarining ishga tushirilishi;
🔹Ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

Boshqaruv, ta’lim, IT, mehnat, tadbirkorlik va zo‘ravonlikning oldini olish sohalarida erishilgan ijobiy natijalar O‘zbekistonning dunyo miqyosidagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda. Ushbu yutuqlar aziz opa-singillarimiz manfaatlari yo‘lidagi siyosatimizning yorqin natijasidir. Biz bundan keyin ham ularning farovon hayotlarini ta’minlash yo‘lidagi ishlarimizni izchillik bilan davom ettiramiz.


Ulashish:
1 323
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
JDPUda ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
JDPUda jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
Unda Jizzax şahar Içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şerqulov Jasur Mamatquloviç, universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.