Xabaringiz bor bir nench kun avval hukumat qarori bilan yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir necha oliygohlar (10 nafar) rektori ishdan olindi. Jumladan Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov o‘rniga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Shavkat Safarovich Sharipov tayinlandi. Shu munosabat bilan Jizzax davlat peagogika istituti kichik majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Jizzax viloyati hokimi E.A. Soliev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvahidov , viloyatdagi barcha tashkilot va boshqarmalar rahbarlari, faollar institut jamoasi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvahidov islohotlar, xususan Jizzax viloyatida bo‘layotgan o‘zgarishlarga alohida to‘xtaldi. -Har birimizning yuragimizda oddiy bir niyat bor, u ham bo‘lsa farzandlarimizning baxt-u kamolini ko‘rish ularni yurtga naf keltiraoladigan ilmli, zexnli qilib voyaga yetkazish, -deydi A.Abduvahidov. — Afsuski bugun Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz, ta’lim sifati juda past. Biz bugun tayyorlayotgan kadrlar talabga javob bermaydi. Korrupsiya botqog‘iga botib o‘zimiz ham yoshlarni shunga o‘rgatayapmiz. Unutmang rahbar xatosi kechiiriladi, lekin xiyonat emas…Korrupsiya –xato emas xiyonat. Ta’bir joiz bo‘lsa shunday deyman biz “ o‘tmas matoh ishlab chiqaradigan kompaniya ” larni tag tomiri bilan yo‘q qilmas ekanmiz ko‘zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz.
Shundan so‘ng Jizzax viloyati hokimi E.Soliev so‘zga chiqib davlat rahbarining 24 yanvar Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida Oliy ta’lim tizimi to‘g‘risidagi haqli e’tirozlariga to‘xtaldi. Shuningdek viloyat hokimi o‘z so‘zida joriy yilning yanvar oyida aynan Jizzax davlat pedagogika instituti faoliyatini o‘rganish maqsadida ishchi guruhi tashkil etilganligini ta’kidladi. Ishchi guruhi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra oliygohdagi Iformatika va texnologiyalar, O‘zbek tili va adabiyoti, Boshlang‘ich ta’lim fakultetlarida talabalarning darslarga davomati qoniqarsiz ekanligi, hattoki darsga kelayotgan professor o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarga tayyor emasligi , talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra professor o‘qituvchilarining 70% faoliyatiga qoniqarsiz baho qo‘yilganligini aytib o‘tdi.- Ochiqasiga ta’magirlik va adolatsiz baholash holatlari hali hamon uchrayotgani va buni ko‘pchilik rahbar xodimlar ko‘rib ko‘rmaslikka olayotganini qanday baholash mumkin, deydi Jizzax viloyati hokim E .Soliev.
Yig‘ilishda shuningdek Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov ham o‘z fikrlarini bildirib, unga berilgan ishonchni albatta oqlashini, ta’lim sifatini yuqoriga chiqarish borasida o‘zining bir necha takliflarini ham bildirib o‘tdi. –Ta’limda AKT ni joriy qilaolsak demak biz intizom va boshqa masalalarni ham o‘z o‘rniga qo‘ya olamiz. So‘zi, fikri va amali bir xil ziyoli kadrlarni yonimda bo‘lishlarni istayman. Albatta, korrupsiyani oldini olishda safimizda mana shu talablarga javob beradigan hamkasblar bilan ko‘zlagan maqsadga erishamiz, -deydi Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov
Yig‘ilish so‘ngida institut rahbariyatiga o‘n kun muddat ichida ko‘rsatilgan kamchiliklar yuzasidan o‘rganish olib borilishi va bu haqda batafsil ma’lumot berilishi bildiridi.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati