- O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo’lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.
- Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi.
O’QUVCHILARNI JISMONIY TARBIYALASHDA MILLIY HARAKATLI O’YINLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Sultonov Baxtiyor Abdumurodovich, dotsent
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to’g’risida farmon va qarorlarning oqilona tizim g’oyat muxim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda respublika jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligining qarorlarida kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi.
Respublikada amalga oshiralayotgan jismoniy tarbiya va sportning o’z oldiga qo’ygan maqsadi sog’lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni xayotga tayyorlashdan iborat.Ommaviy sportni yanada rivijlantirish va sog’lomlashtirishga qaratilgan chora tadbirlar yurt kelajagi uchun hizmat qilmoqda. Bu maqsad Respublikada jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi barcha muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz degan xikmatli so’zlar asosida sog’lom kelajakni barpo etish va sportning ne chog’li muhim jarayon ekanligi nazarda tutilgan. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz”, – deydi “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilganligi, xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi xam kelgusida sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Har kim o’zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy tarbiya va sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o’ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg’ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo’lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi.
jismoniy tarbiya va sportning maqsadi jamiyatning sog’lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir.
jismoniy tarbiya va sportning jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog’liqni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur bo’ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo’lgan harakat malaka va ko’nikmani egallash; v) kishining ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlik ) ni o’stirish; d) maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash.
Shu bilan birga o’zbek milliy o’yinlarini to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma’suliyat yukladi.
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy harakatli o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy harakatli o’yinlarini avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.
Milliy harakatli o’yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi.
Milliy harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiya va sportning qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi milliy harakatli o’yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida qadriyatlarga muhabbat uyg’otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o’rgatish ko’p jihatdn o’zbek xalq milliy o’yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog’liq. Chunki milliy harakatli o’yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya va sportning qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan. Olimlarning tadqiqotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi sustligi aniqlangan.
Milliy harakatli o’yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini o’rganish borasida talay ishlar qilindi.. Bir qancha olimlar o’z tadqiqotlarida milliy harakatli o’yinlarida foydalanish haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar.
Bolalar va o’smirlarning harakat faolligini oshirishga yordam beradigan omillar: milliy harakatli o’yinlar, milliy mashqlar elementlari, bellashuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy vositalaridan foydalanish yo’llari ko’rsatilgan. So’nggi yillarda professorlar hamda bir guruh mutaxasisliklar, yosh tadqiqotchilar milliy harakatli o’yinlarni o’rganish, ularni xalq o’rtasida ommalashtirish maqsadida bir qator ilmiy-amaliy ishlarni, nashrlarni amalga oshirishga muvaffaq bo’ldilar.
Shu bilan birga pedagogika fani ham yoshlarning jismoniy tarbiyasi, ularda harakatli sifatlarni rivojlantirish, muntazam olib boriladigan mashg’ulotlar orqali jismoniy madaniyatga extiyoj va qiziqishni uyg’otish muammolariga xamisha diqqat qilib keldi va kelmoqda.
Ko’rinadiki, bir qator ishlarda u yoki bu tarzda mazkur muammo haqida fikrlar yuritilgan bo’lsa-da, o’zbek halq milliy o’yinlari vositasida 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash muammosi jismoniy madaniyat tizimida hamda, xalq pedagogikasida to’liq xolda maxsus tadqiqod predmeti bo’lgan emas.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur ish bu muammoni ilmiy yo’nalishda yechishga qaratilganligi bilan muhimdir. Bu esa eng avvalo Respublikamizning mustaqilligi, qolaversa, xayot talablari asosida o’zbek xalq milliy o’yinlarini tashkil etish bilan bog’liq masalalarni to’liq yaxlit holda ilmiy-pedagogik asoslash va ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Har qanday o’yinning va o’yin faoliyatining diqqat markazida bola kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi.
Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosa kelib chiqadi.