Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/02/2022
Chop etish
“Taraqqiyot strategiyasi davrida ta’limga e’tibor o‘zgacha bo‘ladi”,- dedi oliy ta’lim vaziri A. Toshqulov

Xabaringiz bor  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutasaddilaridan iborat ishchi guruh yurtimizdagi barcha  oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati va samaradorligi bilan bog‘liq jarayonlar tanqidiy, tahliliy o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

Bugun  Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vaziri   A. Toshqulov hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari U. Toshkenboev boshchiligidagi ishchi guruh  Jizzax davlat pedagogika institutida  bo‘lishdi. Mehmonlar dastavval institut  prorektorlari tomonidan oliygohning ichki imkoniyatlar, shart sharoitlar bo‘yicha tayyorlangan taqdimotda ishtirok etishdi. Unda  prorektorlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha xususan  o‘quv jarayonlari, mahalla va institut hamkorligi, tyutorlar faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berishdi. Shuningdek tashrif davomida STEAM park, Inkubatsion markaz, o‘quv laboratoriyalari, ARM, madaniyat saroyi faoliyati bilan ham tanishishdi.

Shundan so‘ng institut  anjumanlar zalida  viloyat hokimligi vakillari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi mutasaddilari, rektorlar, maktabgacha, xalq ta’limi hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni  Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbaev ochib berdi.  U o‘z so‘zida  davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriq asosida 2 kun davomida bo‘lib o‘tadigan  o‘rganish ishlari,  kadrlar tayyorlash masalasi, tizimdagi muammolar ta’lim sifati pedagogika institutlari va halq ta’lim boshqarmalari hamkorligi, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni tashkil qilish xususida to‘xtalib, 4+2 tizimini joriy qilishi haqida ham o‘z takliflarini bildirdi.

 

 

 

“Bugungi talabaning dunyoqarashi, bilimi qanday? U talaba degan nomga munosibmi? Uchrashuvlar davomida yuragimni o‘rtayotgan mana shu savollarga javob topish uchun har bir talaba bilan suhbatlashishga oshiqaman, ularning ko‘zlariga qarayman…ko‘zida olov yonib turgan talabalarni, fikri va bilimi bilan yuksaklarni ko‘zlagan yoshlarni ko‘rgim keladi…bu nafaqat meni, balki ko‘nglida  bolam katta inson bo‘ladi, o‘qiydi degan  ota-onalarning qolaversa  shu qorako‘zlarga umid bog‘lagan davlat rahbarining ham orzusidir…Bu ezgu niyatlarni amalga oshirish esa  siz-u bizning zimmamizga yuklatilgan…biz ularni ilmli, dunyoqarashi keng  inson qilib tarbiyalashimiz shart ”,-deydi oliy ta’lim vaziri A.Toshqulov

Ochiq muloqot tarzida  bo‘lib o‘tgan yig‘ilish so‘ngida Jizzax viloyatidagi barcha OTM lari vakilari ham  mavzu doirasida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.Ta’kidlash joiz Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vaziligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutassadilari tarkibidan iborat ishchi guruh 2 kun davomida o‘rganish ishlarini olib boradi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 

 

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
1 252
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.