Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/03/2022
Chop etish
“Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi”  mavzusida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini institut Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi proretkor S.Nazarqosimov ochib berdi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, OAV vakillari, blogerlar va talabalar ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish masalalari” mavzusida davra suhbati  o‘tkazildi.

Anjumanda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo‘yilganligi, Kengashning hududiy bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatilganligi, Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berganliklari to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

 

 

 

 

Shuningdek, anjumanda so‘zga chiqqanlar Davlatimiz rahbari tomonidan maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar belgilab berilganligini ta’kidlab, bu o‘zgarishlar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘targanini aytib o‘tdilar.

Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.


Ulashish:
504
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.