Olimpiada g‘oliblari aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyundagi “Matematika ta’limi va fanini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash”, shuningdek, 2020 yil 7 maydagi
“Matematika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini yaxshilash maqsadi”dagi PQ-4387 va PQ-4708 sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida yaratilgan “o‘ylab ko‘ring” telegram boti joylashtirilgan o‘quv platformasida “Matematika va informatika” fakulteti talabalari o‘rtasida elementar matematika fanidan institut rektori va fakultet dekanati tomonidan tashkil etilgan ichki onlayn olimpiada 22.09.2020 kuni o‘tkazildi.
Olimpiadada 324 nafar talaba ishtirok etdi. Shundan 69 nafari misol va masalalarni 100% yechgan. Natijalarga ko‘ra 1-oliy o‘rin Matematika o‘qitish metodikasi 201-guruh talabasi Latofat Olimovaga, 2-o‘rin Matematika o‘qitish metodikasi 201-guruh talabasi Diyorbek Bolibekovga, 3-o‘rin Matematika o‘qitish metodikasi 401-guruh talabasi Suxrob Yunusovga nasib etdi.
Ushbu olimpiada g‘oliblariga (1 o‘ringa 1000000 (bir million), 2 o‘ringa 800000 (sakkiz yuzming), 3 o‘ringa 600000(olti yuz ming) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yilgan edi. Bo‘lib o‘tgan Olimpiadaga matematika va informatika fakulteti talabalari jalb qilingan bo‘lib ular 22.09.2020 kuni ertalab sakkizdan kechki 21: 00 gacha “o‘ylab ko‘ring” telegram botida berilgan shartlar asosida o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. Institut jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni chin dildan qutlaydi va ularga kelajakda bundanda yuqori marralarni egallashiga umid bildiradi.