Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/12/2021
Chop etish
«OʻZBEKISTON MADANIYATI VA OLIY TAʼLIM TIZIMI (JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MISOLIDA)» mavzusida seminar trening

Portsmud Universiteti, Buyuk Britaniya,  2021 yil, 2 Dekabr. Buyuk Britaniyaning Portsmud Universitetida malaka oshirayotgan Jizzax davlat pedagogika instituti professor o`qituvchilari Portsmouth University School of Languages and Linguistics (Tillar va Lingvistika Fakulteti)  professor-oʻqituvchilari uchun 2021 yil 2 dekabr kuni «Oʻzbekiston madaniyati va Oliy taʼlim tizimi (Jizzax davlat pedagoigika instituti misolida)» (“Uzbekistan Culture and HEI System) mavzusida seminar-trening tashkillashtirishdi. Seminarga Portsmud universiteti rahbariyati vakillaridan, Portsmud universiteti Xalqaro aloqalar, UOP Global Direktori Bobby Mehta, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Joe Hall, TESOL Treneri Peter Watkins va universitet bir nechta professor-o`qituvchilari ishtirok etishdi. Seminar trening davomida O`zbekiston Oliy ta`liim tizimi, Jizzax davlat pedagogika instituti o`quv jarayoni, xalqaro hamkorlik aloqalari, ilmiy yutuqlari, professor-o`qituvchilar salohiyati, talabalar faoliyati,  institutda yaratilgan sharoitlar to`g`risida taqdimot o`tkazishdi. Taqdimot davomida institut faoliyati yoritilgan videorolikni (https://www.youtube.com/watch?v=pAMFtfbl2Hw) taqdim etishdi.

Shundan so`ng  O`zbekiston madaniyatini Portsmud Universiteti vakillariga namoyish etish maqsadida milliy urf-odatlar, laparlar, to`y marosimlaridan parcha, kelin salom, milliy qo`shiqlar va raqslarni taqdim etishdi. Mezbonlar katta qiziqish va hayrat bilan tomosha qilishdi. Seminar so`ngida Portsmud universiteti vakillariga JDPI o`qituvchilari esdalik sovg`alarini topshirishdi.


Ulashish:
1 947
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...