Joriy yilning 22-24 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan «Lochin» oromgohida ilk bor “National Youth Conference in Kashkadarya 2019” (Milliy yoshlar konferenisiya)si bo’lib o’tdi. Bu konferenisya uch kun davom etdi. Bu anjumanning asosiy vazifalaridan biri iqtidorli, faol, ilg’or yoshlarini bir joyga to’plab, yuritimizda global darajaga ko’tarilgan innovatsiya mavzusini targ’ib qilish, fikr almashish hamda ularni bu sohaga qiziqtirish va yangi loyihalar yaratish uchun real atmosfera yaratishdan iborat edi. Ushbu konferensiyada delegatlar yangi g’oyalar, intensiv dunyo qarash hamda rivojlangan mamlakatlarning start-up loyihalari bilan tanishdilar hamda tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin yoshlar quyidagi yo’nalishlarda faoliyat olib bordilar:
👉Marketing va reklama menejeri (Ingliz tili) 👉Ta’limda innovatsiya (O’zbek tili) 👉Turizm va IT (Ingliz tili) 👉Psixologiya va Jurnalistika (Rus tili) 👉Ekologiya va Iqtisodiyot (O’zbek tili) 👉Ped texnalogiyalar va AKT (Nemis tili)
Konferensiyadan men juda ko’p tasurotlar bilan ko’tarinki a`lo kayfiyatda uyga qaytim. Konferinsiyada kreativ muhit hosil qilish uchun juda yaxshi sharoitlar yaratib berildi.
Jismoniy madaniyat fakul’teti 4 kurs talabasi Shaxnoza