Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/11/2022
Chop etish
Narxi qancha mehrni ayting…

3 dekabr-Xalqaro nogironlar kuni!

Bilasizmi, dunyoda eng arzon narsa nima? Bu-mehr va e’tibor. Xo‘sh, eng qimmat narsachi, u nima? Ishonish qiyin, lekin, u ham mehr va e’tibor. Mehr va e’tibor hammaga kerak, menga, sizga unga… Kimdir dadasi olib bergan qimmatbaho sovg‘ani mehr va e’tibor sifatida qabul qilsa, kimlardir uni ko‘klarga ko‘tarib maqtaganingizni mehr deb tushunadi.
Oramizda shunday manzillar borki, bir og‘iz shirin so‘z ham ular uchun mador, beqiyos mehr va e’tibordir.

Hikoyamiz qaxramoni Karomat Murtozoeva endigina 6 yoshni qarshiladi. Sh.Rashidov tumani “Yuksalish” MFY da istiqomat qiluvchi Karomatning chap qo‘l panjasi yo‘q¸ u tug‘ma nuqson bilan dunyoga kelgan.  Qizaloq rasm chizishni juda yaxshi ko‘radi, yaqinlarining ta’kidlashicha yoshiga nisbatan ancha zukoo qiz. Ulg‘aysa shifokor bo‘lishini katta-yu, kichikni birdek davolashini to‘lqinlanib aytadi… bugun Karomatning kichik orzularidan biri ushaldi. Uni yo‘qlab borgan Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limi jamoasi,  unga o‘quvchilar uchun maxsus dars tayyorlashga mo‘ljallangan (javon,stol, stul) jamlanmani va kitoblar to‘plamini tuhfa etishdi.

 

-O‘zim Jizzax dalvat pedagogika universitetining Magistratura bo‘liminin ikkinchi kurs magistr talabasiman. Maktabda boshlang‘ich sinflarga dars beraman. 4 nafar farzandim bor. Karomat ikkinchi qizim. Qizim juda ziyrak qiz, garchi atrofdagilar unga imkoniyati cheklangan deb qarashsa-da. Men qizalog‘imning imkoniyatlari cheklanmagan deb hisoblayman. U rasm chizishni juda yaxshi ko‘radi, ingliz tilini o‘rganishga astoyidil kirishgan. Kelasi yil 1 sinfga boradi. Hozirdan darsxonasi bo‘lishini orzu qiladi. Orzulari o‘zi kabi sof va beg‘ubor qizimning ilk orzulari ushalganidan va bunga bosh qo‘shgan JDPU ning Magistratura bo‘limi hamda  810-21 guruh magistr talabalariga tashakkurimni aytaman. Bugungi tashrif men va qizim uchun unutilmas voqeaga aylandi,-deydi Kamola Rahimova

Karomat bilan xayrlashish chog‘ida kutilmagan voqea bo‘ldi. Mittigina qizaloq  duoga qo‘l ochib o‘ziga, yaqinlariga sog‘lik-omonlik tiladi.  Yana kelishimizni, albatta a’lo baholarga o‘qishini, bizni kutishini qayta-qayta ta’kidladi. Yaxshilikning cheki-chegarasi yo‘q. Mehrga, muruvvatga mushtoq ko‘ngillarni ziyorat etish ham – bir yaxshilik. Bu ham e’tibor. Azizlar, keling imkoniyati cheklanganlarning, cheklanmagan imkoniyatlariga yo‘l beraylik. Atrofimizdagi insonlarga yanada  mehrli bo‘laylik.

 

 

 


Ulashish:
1 030
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.