Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2021
Chop etish
“Motivatsiya bekatida” raxbarlar va yoshlar uchrashuvi  

Jizzax davlat pedagogika institutida 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Motivatsiya bekati” tadbiri tashkil etildi. Unda DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bobur Umurzakov va viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Ergashev ishtirok etdi. Talabalar bilan uchrashuv avvalida mehmonlar institut rektori  Sh.Sharipov boshchiligida “Talabalar do‘stligi uchun” deb nomlangan bannerga  o‘z dil izhorlarini yozib qoldirishdi. Shundan so‘ng “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hovlisiga ramziy ko‘chatlar ekildi.

Tadbirning asosiy qismi hisoblanmish iqtidorli talabalar ishtirokidagi  uchrashuvni institut rektori Sh.Sharipov ochib berdi. Samimiy, ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv davomida mehmonlar bugungacha erishgan yutuqlari, hozirda amalga oshirayotgan ishlari xususida so‘z yuritishdi.

“Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad talaba yoshlarni orzu –istaklariga erishish yo‘lida tinimsiz izlanish va harakat qilishlari uchun motivatsion fikrlarni berish va ularni ruhlantirish”-deydi institut rektori Sh.Sharipov.

Kecha davomida talabalar badiiy dastur va sahnaviy  chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi. Rahbar bo‘lish, bungacha bosib o‘tilgan yo‘l, harakat va izlanish, maqsad va istaklar, ularni amalga oshirish … xuddi shu mazmundagi savollarga mehmonlar tomonidan hayotiy misollar orqali berilgan javoblar talaba yoshlarni chinakamiga  ruhlantirdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Kecha so‘ngida faol talabalarga mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
983
Boshqa rubrikalarda mashhur

Payshanba — Yoshlar kuni doirasida faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan faxriylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Forish tumani hokimi ishtirokida forishlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sohib Islomov, Biznes-ombudsman Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi rahbari S. Usmanov, tuman mas’ul tashkilotlari rahbarlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda...
Talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik tashrif tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimlari, profilaktika inspektori hamda talaba-yoshlar 30-sonli manzil-koloniyasiga tashrif buyurdi.