Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/03/2024
Chop etish
MENTOR KIM?

Yaxshi tinglovchi va suhbatdosh, o‘z sohasida kuchli bilim va tajriba egasi, sizga chin dildan yordam berishga tayyor, o‘ziga ishonchi yuqori inson haqida bilib oling!

Har qanday katta muvaffaqiyat ilk qadamdan boshlanadi. Ilk qadamning to‘g‘riligi, rejalarning mukammalligi ustoz mahorati bilan bog‘liq. Ustoz o‘z tajribasidan kelib chiqib maslahat beradi. Uning tajbirasi esa xatolarga asoslangan holatda shakillangan bo‘ladi. Aniqrog‘i, bunday kishilarni biz zamon tili bilan aytganda “mentorlar” deb ham atashimiz mumkin. Xo‘sh mentor o‘zi kim? Ular pedagogik ta’limda qanday vazifalarni amalga oshiradi?

Bu haqida universitet rektorining “Iqtidorli talabalar bilan individual ishlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida ma’lumot berib o‘tiladi. Respublika oliy ta’lim muassasalaridan birinchilardan bo‘lib Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun “mentor instituti” joriy etildi.

Mentorlar o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan birgalikda respublika va xalqaro fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar hamda turli tanlovlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tayyorlanish, ilmiy, ijodiy, fan to‘garaklarida ishtirok etish, startap loyihalar bilan ishlash, respublika va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish, IT sohasi hamda zamonaviy kasblarni o‘rganishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rishadi.

Talaba oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingach, o‘zining keyingi faoliyatini tashkil etishi, kelajakda erishishni maqsad qilgan yutuqlari uchun nimalarni o‘zlashtirishi lozimligi, kimlar bilan faoliyat olib borishi, tajribali “yo‘l ko‘rsatuvchi”ga ehtiyoj sezadi. Mentorlar ayni shu vaziyatda, savollarga javob beradigan insondir. Ular talaba bilan individual tarzda ishlaydilar.

Endilikda har bir fakultetlarda hafatada bir kun “mentorlik kuni” sifatida tashkil etiladi. Ushbu kunda mentor o‘ziga biriktirilgan talabasi bilan ilmiy-ijodiy faoliyat, rejalari va maqasdlar bo‘yicha ishlarni belgilab oladi. Iqtidorli yoshlarning metorlar bilan ishlashida doimiy ravishda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi yaqindan yordam beradi.

Albatta, ta’limda zamonaviy metodlardan, xorijning ilg‘or tajribalaridan foydalanish o‘quv sifatini yanada oshishiga, yoshlarni erkin fikrli etib shakillanishiga xizmat qiladi.

Luiza AHMEDOVА,

iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi muhandisi.


Ulashish:
2 683
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.