O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniy” kengashi hamkorligida “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – Nuroniylarni va keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada samaralilashtirish, jamoada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda yosh avlodni xalqimizning asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.




Seminar universitetning ARM majlislar zalida o‘tkazildi. Unda universitet faxriylari, Jizzax shahri mahallalaridan faxriy va mahalla faollari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori maslahatchisi G‘ayrat Qodirov ochib, mahalla bilan hamkorlik va nuroniylarni e’zozlash, yoshlar uchun ulgӣ-o‘rnak ahamiyati haqida so‘zladi.



Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning murojaatnomasida nuroniylarni ijtimoiy faoliyatini rivojlantirish va mahalla bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar, Jizzax DPU “Nuroniy” kengashining 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar dasturi va istiqbol rejalari, Nuroniylarning sog‘lig‘ini saqlash va ularga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, Kiber jinoyatchilik va uning ko‘rinishlari, “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” tizimini universitetda amalga oshirish mexanizmlari va kasbiy masalalar kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.








Tadbirda ma’ruzalar tinglanib, fikr almashinuvi olib borildi va kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
