Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/04/2026
Chop etish
Zominda mazmunli dam olish sayohatlar davom etmoqda.

“Yaxshi dam – mehnatga hamdam” degan tamoyil asosida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun har hafta dam olish tadbirlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi sayohatda 15 nafardan iborat guruh Zomin milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan dam olish maskanida bo‘lib qaytdi.

Mazkur sayohat nafaqat hordiq chiqarish, balki sog‘lom muhitda vaqt o‘tkazish va jamoaviy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Zominning musaffo havosi va go‘zal tabiati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayni kunga qadar universitetning 400 dan ziyod xodimlari ushbu maskanda dam olib qaytishgan.


Ulashish:
212
Boshqa rubrikalarda mashhur

Malaka oshirish kurslari dolzarb mavzularda davom etmoqda
Malaysiyada 22 nafar professor-o‘qituvchi uchun tashkil etilgan 2 haftalik malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.