Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Mening armiyam – mening faxrim

Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari  va talaba yoshlari ishtirokida 2018 yil 13 yanvar kuni JDPI Madaniyat saroyida  14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi bayrami munosabati bilan “Milliy armiyamiz yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir” va “Mening armiyam – mening faxrim” mavzusilarida  bayram tadbirlarini o‘tkazdilar. Bayram tadbirida 710 nafardan ziyod qatnashchi ishtirok etdi. Bayram tadbirlari viloyat va shahar televideniyesida, “Jizzax haqiqati” gazetasida keng yoritildi.Jizzax xarbiy oliy o‘quv yurti kursantlaridan 60 nafari taklif etildi. Bayram tabrigi sifatida askarlarga qimatbaho sovg‘alar, 40 ta kitob, 40 ta gul,  3 turdagi bukletlar, Professor – o‘qituvchilar va talaba yoshlar tomonidan sovg‘a qilindi. Shuningdek, “Afg‘on urushi” qatnashchilari va “Chernobil xalokati” ishtirokchilari bo‘lgan  8 nafar  professor-o‘qituvchilar institut rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan 500 ming so‘m miqdordagi  pul mukofoti, faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.