Kutubxona –ziyo maskani
Joriy yilning 16 noyabr kuni 12.00 da Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazining majlislar zalida Musiqiy ta’lim yo‘nalishi hamkorligida «INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftaligining yakuniga bag‘ishlab adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
Tadbirni institut murabbiylar kengashi raisi A. Qayumov kirish so‘zi bilan ochib: “«INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftalikni tashkil etishdan maqsad talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kitobxonlik mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini orttirish” -deya takidladi.
Shundan so‘ng, Musiqiy ta’lim kafedrasining katta o‘qituvchisi A. Maxamatov “Kutubxona –ziyo maskani” mavzusida ma’ruza qildi. Musiqiy ta’lim yo‘nalishi 2- bosqich talabasi A. Boboyorov o‘z ma’ruzasida: “Bunday tadbirlar yanada ko‘proq bo‘lishini, yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ko‘mak beradi”-deya fikrini bildirdi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Institut ARM tomonidan faol ishtirok etgan talabalarga estalik sovg‘alari topshirildi.