Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
05/09/2026
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy madaniyat masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda korrupsiyaning oldini olish, xodimlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash masalalari muhokama qilindi. Bo‘lim boshlig‘i A. Umirzokov «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish majburiyati hamda xabar beruvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish kafolatlari haqida tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 14-oktyabrdagi 404-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, xizmat faoliyati bilan bog‘liq sovg‘alar va mehmondo‘stlik belgilarini qabul qilishdagi cheklovlar, kadrlar bilan bog‘liq jarayonlarda shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, «Pedagog maqomi to‘g‘risida»gi Qonun, universitetning Ichki mehnat tartib-qoidalari va Odob-axloq kodeksi, qabul komissiyasi a’zolarining huquq va majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Huquqiy nigilizmning salbiy oqibatlari, qonun va davlat institutlariga nisbatan befarqlik hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy madaniyatning ahamiyati ta’kidlandi.

Tadbir yakunida universitet jamoasida qonun ustuvorligi, halollik, shaffoflik va korrupsiyaga murosasiz munosabatni mustahkamlash muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.


Ulashish:
894
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashevning Tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...