Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/09/2025
Chop etish
“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida startap loyihalar tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-sentyabrdagi 3-son Hay’at qarorining 6.3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 22-sentyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda turli fakultetlardan iqtidorli talabalar o‘z g‘oyalari bilan qatnashib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha innovatsion takliflarini taqdim etishdi.

Natijalarga ko‘ra:

  • Filologiya fakulteti talabasi Majidova Zebiniso – 1-o‘rinni egallab, 3 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

  • Filologiya fakulteti talabasi Olimjonov Hasan,Tarix fakulteti talabasi G‘iyosov Samandar    – 2-o‘rinni egallab, 2 million so‘m bilan taqdirlanаdi.

  •  Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Asatova Iroda hamda Filologiya fakulteti talabasi Baxtiboyeva Sevinch -– 3-o‘ringa munosib ko‘rildi va 1 million so‘m mukofotga ega bo‘ldi.

Tadbir yakunida g‘oliblar va ishtirokchilarga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.Mazkur tanlov yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish ruhida tarbiyalash, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda halollik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 234
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.