Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
09/04/2021
Chop etish
“Kitobxonlik haftaligi”tadbirlari

7 aprel – haftalikning 3-kuni axborot-resurs markazining Elektron axborot-resurslar bo‘limida Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari hamda Jismoniy madaniyat fakulteti hamkorligida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ta’lim taraqqiyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Amaliy seminarni axborot-resurs markazi direktori R.Ishnazarova ochib, kitobxonlarni haftalikda faol ishtirok etishga, darsdan bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaasiga vaqt ajratishga da’vat etdi. Shundan so‘ng,  Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi  Ch.Ochilov axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonida xususan, pedagogika va psixologiya fanlarini  o‘qitishda tutgan o‘rni xususida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilova  “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasini qisqacha sharhlab berdi va talaba-yoshlarni mazkur adabiyotlarni mutolaa qilishga chaqirdi.

So‘ngra, Elektron axborot-resurslar bo‘limi boshlig‘i G.Irgasheva ARMda zamonaviy texnologiyalar asosida axborot xizmatlari ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilishi  to‘g‘risida so‘z yuritdi. Jumladan, kitobxonlarga institut sayti www.jdpu.uz    va axborot-resurs markazi  www.lib.jspi.us  saytlari, bot va telegramm kanallari orqali axborot xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilganligi,  KerioControl tizimi orqali internetdan  foydalanishlarni nazorat qilish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchi kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan turli mavzuga doir savollarga javob oldilar. Bahs-munozarada talabalardan Sh.Markaboeva, D.Xonazarova, D.Mirzarahimovalar  faol ishtirok etdi va axborot-resurs markazi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

 

Shuningdek, shu kuni soat  14.00 da axborot-resurs markazining Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o‘quv zalida Chet tillar fakulteti Tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedrasi o‘qituvchisi A.Rustamov  hamda Kimyo va geografiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Men sevgan qahramon” mavzusida  badiiy mutolaa tashkil etildi. Tadbirni kafedra o‘qituvchisi A.Rustamov ochib berdi va kitobxonlikni targ‘ib qilish bugungi kunning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, ARM xodimasi M.Bobonazarova so‘z olib,  talaba-yoshlarni vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va unumli  foydalanishga e’tibor qaratishlarini aytib o‘tdi.

Badiiy mutolaa  Kimyo yo‘nalishining “Ilhom” jamoasi va Geografiya yo‘nalishining “Tafakkur” jamoasi o‘zaro bellashuvi tarzida olib borildi. Bellashuvda o‘qilgan badiiy asarlarning g‘oyaviy-tarbiyaviy mohiyati, asar qahramonlarining xarakter-xususiyatlari to‘g‘risidagi savollar o‘rtaga tashlandi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozaralar va tortishuvlar bilan yakunlandi.  Bellashuv  hakamlarining xulosasiga ko‘ra,  Kimyo yo‘nalishining “Ilhom ” jamoasi                              136 ball to‘plab, badiiy mutolaa tadbirining g‘olibi bo‘ldi.  Tadbir yakunida  faol ishtirok etgan talabalar axborot-resurs markazi rahbariyati tomonidan  faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Ulashish:
1 833
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti...
JDPU va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga kuni Sankt-Peterburg davlat universiteti Rus tili test sinovlari markazining delegatsiyasi tashrif buyurdi.