Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/01/2021
Chop etish
“Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha!” Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi…

O‘zbekiston Boks Federatsiyasi, Jizzax viloyati “Temuriylar izdoshi“ xarbiylashgan maktab, hamda Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkillashtirilgan “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqan Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipov  “Temuriylar izdoshi” harbiylashgan maktab faoliyati, uning bugungi kunda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, ular bilan doimiy hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek institut rektori o‘z so‘zida mamlakatimiz sharafini dunyolarga tanitayotgan mashhur bokschilarimiz va sportchilarimizning qo‘lga kiritayotgan zafarlari haqida to‘xtalib, talaba yoshlarimizni ulardan o‘rnak olishga chaqirdi.

 

Tadbirni sportchilarning chiqishlari va o‘zlari haqidagi ma’lumotlar berilgan savol javob qismida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Tadbirga yosh sportchilar va harbiylarning sahnaviy ko‘rinishlari va chiqishlari yakun yasadi.


Ulashish:
709
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.