Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/09/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Koreyalik hamkorlar bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar va xalqaro aloqalar tobora kengaymoqda desak xato qilmagan bo‘lamiz. Bugun universitetda Ajdu universiteti (Janubiy Koreya) hamda Jizzax Sejong koreys tili markazi vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ajdu universiteti Koreys filologiyasi va menejmenti hamda Ingliz filologiyasi va menejmenti fakultetlari dekani Pak Sang Voo, Jizzax Sejong koreys tili markazi menejeri Kim Hyong Jong va universitet rektori Maqsudjon Yuldashev ishtirok etdilar.

Uchrashuv chog‘ida qator muhim masalalar muhokama etildi. Jumladan:

  • Sejong markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va yangi loyihalar yo‘lga qo‘yish;

  • Universitetimizda tashkil etilgan koreys tili yo‘nalishi samaradorligini oshirish;

  • Koreyalik mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish;

  • Professor-o‘qituvchilarimiz uchun Janubiy Koreya oliygohlarida stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish. Bu muloqot nafaqat universitetimiz xalqaro nufuzini oshiradi, balki talabalarimizga yangi imkoniyatlar eshigini ham ochadi. Chunki Koreya tajribasini o‘rganish va mutaxassislar bilan bevosita hamkorlik qilish orqali ta’lim sifatini yanada yuksaltirish mumkin.


Ulashish:
2 013
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.