Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Karamanoglu Mehmedbey University vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan turk tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, turk tili va madaniyati markazini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, akademik mobillik va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.


Muzokaralar Karamanoglu Mehmedbey University rektori o‘rinbosari Idris Nebi Uysal boshchiligidagi delegatsiya hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev rahbarligidagi mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
1 031
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.
Yoshlar uchun ilmiy va innovatsion imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Giyohvandlikka qarshi profilaktik uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida «Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi doirasida profilaktik targ‘ibot...