Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Global Citizenship Workshop” xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwon University hamkorligida “Global Citizenship Workshop” nomli xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir xalqaro akademik va madaniy hamkorlik doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda Janubiy Koreyadan 10 nafar va Jizzax davlat pedagogika universitetidan 10 nafar talaba ishtirok etmoqda. Seminar global fuqarolik, Barqaror rivojlanish maqsadlari, fuqarolik ishtiroki hamda madaniy meros yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.

Seminarning birinchi kuni quyidagi yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi:

  • Yoshlar ovozi va real hayot uchun ta’lim: intervyuni rejalashtirish mashg‘uloti; guruhlar tadqiqot yo‘nalishini aniqlab, intervyu savollarini tayyorladi.

  • Etika va dala ishlariga yo‘riqnoma: intervyu etikasi, rozilik olish va kuzatuv bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

  • Kampus bo‘ylab intervyular va kuzatuv: amaliy tadqiqotlar olib borildi va tahlil (Sense-making) mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur seminar-trening yoshlar uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, bilim va tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.


Ulashish:
1 690
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.