Karera markazi
Karera markazi
|
13/12/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarga ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va amaliy seminar o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchi talabalari uchun ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir universitet rektori tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘tkazildi.

Uchrashuvda Paxtakor, Do‘stlik, Zarbdor, Forish va Sh.Rashidov tumanlarining Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari kadrlar bo‘limi boshliqlari, Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining mutaxassislari, shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali xodimlari va universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Seminar davomida ish beruvchilar talabalarga ta’lim sohasidagi mehnat bozori, ishga joylashish shartlari, zamonaviy talablar va kutilayotgan kasbiy hamda shaxsiy ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. Oliygohda egallangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni ish jarayonida qo‘llash masalalari alohida muhokama qilindi.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, ularni rasmiylashtirish tartibi va moliyalashtirish shartlari bo‘yicha maxsus taqdimot o‘tkazildi. Tadbir davomida qayd etilishicha, 231 nafar bitiruvchi tomonidan kredit olish uchun hujjatlar topshirilgan bo‘lib, 143 nafar talabaga jami 2,387,100,000 so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tdi, talabalar savollar bilan murojaat qildilar va ish beruvchilar tomonidan berilgan javoblar kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim ko‘mak bo‘ldi.


Ulashish:
3 028
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida universitet Rus tili va adabiyoti kafedrasi taşkilotçiligida “Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Rektorning talabalar turar joyiga taşrifi davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Maqsudjon Yuldaşevning talabalar turar joylaridagi şaroitlarni örganişga qaratilgan taşriflari davom etmoqda. Bu galgi manzil — 1 sonli talabalar turar...
JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.