Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
01/04/2025
Chop etish
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TALABALARI O‘RTASIDA “VATANNI MADH ETIB” MAVZUSIDA ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR TANLOVI E’LON QILINADI!
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida “Vatanni madh etib” mavzusida eng yaxshi videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!

Tanlovning asosiy maqsadi — Vatanimizga bo‘lgan muhabbat va sadoqat, istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish, talabalarimizning ijodiy salohiyati va iste’dodini namoyon etishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabalar quyidagi yo‘nalishlarda videorolik tayyorlashlari mumkin:

Vatan, istiqlol va milliy qadriyatlarni ulug‘lash;
Yurt tinchligi va taraqqiyoti mavzusida fikr-mulohazalar;
Talaba-yoshlarning Vatan haqidagi ijodiy ishlari (she’r, qo‘shiq, sahna ko‘rinishi va boshqalar).
Tanlov videorolik shaklida bo‘lib, har bir ishtirokchi o‘z ishini belgilangan muddat ichida topshirishi lozim. G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti E.Rahmatovga tel: 971777199 yoki fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.
Barchangizga omad tilaymiz!

Ulashish:
319
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.