Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/12/2025
Chop etish
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlashda professor-o‘qituvchilarning o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Ushbu seminarlar doimiy ravishda ekspertlar, ilm-fan vakillari va professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda turli mavzularda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkonini beradi.

Ushbu safargi seminar “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlashda professor-o‘qituvchilarning o‘rni” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi dekani, dotsent Xolov Aktam Xotamovich mehmon sifatida taklif qilindi.

Seminar davomida davlat rahbarining yaqinda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaati tahlil qilindi, uning mazmuni ochiq suhbat va mulohazalar shaklida muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z savollarini berdi va ekspert tomonidan har biriga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, seminar davomida sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayonida qo‘llanishi, professor-o‘qituvchilarning rolini kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar muhokama qilindi.

Seminar o‘quvchilar va professor-o‘qituvchilar uchun qiziqarli va foydali tarzda o‘tib, ta’lim sifatini oshirish va ilg‘or metodlarni tatbiq etish bo‘yicha yangi istiqbollarni ochdi.


Ulashish:
5 795
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...