Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/01/2026
Chop etish
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari boshlandi.

Universitetda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, o‘quv dasturlarini dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida takomillashtirish maqsadida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminar 2026-yil 5-yanvardan 10-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi. Seminarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ravshan Jo‘rayevich Ishmuhamedov jalb etildi.

Uch kun davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi kuni “Keling, tanishaylik” nomli interaktiv mashq — ekspromt tanishuv bilan boshlandi. Bu mashq ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro muloqotni kuchaytirish, erkin muhit yaratish va faol ishtirokni ta’minlashga xizmat qildi.

Seminar davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, yangi ta’lim metodlari va interaktiv usullarni o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda. Ta’kidlash joizki, seminarning 4 kuni seminar yakunida 30 nafar eng faol ishtirokchi mentor sifatida saralab olinib, ular bilan qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Keyinchalik ushbu mentorlar o‘z kafedralarida shu kabi innovatsion dars mashg‘ulotlarini tashkil etishlari rejalashtirilgan.

madaniyat saroyida bo‘lib o‘tayotgan seminar mashg‘ulotlarida ishtirokchilar katta qiziqish bilan qatnashmoqda.

Ma’lumot uchun: Ravshan Jo‘rayevich Ishmuhamedov — pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega, innovatsion ta’lim texnologiyalari bo‘yicha malakali mutaxassis hisoblanadi. U “O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalari” yo‘nalishidagi ilmiy-metodik qo‘llanmalar muallifi bo‘lib, o‘z faoliyatida interaktiv o‘qitish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim, trening va kouching elementlariga asoslangan metodlarni keng qo‘llaydi. R.J. Ishmuhamedov tomonidan taklif etilayotgan usullar professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirish, talabalar faolligini kuchaytirish va ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Ulashish:
2 555
Boshqa rubrikalarda mashhur

Zamonaviy pedagogik kompetensiyalar va sifatli ta’lim masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlari davom etmoqda.
Default image
Tanishuv universitet foyesida rus tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ijro etilgan rus xalq qo‘shiqlaridan iborat musiqiy chiqishlar bilan boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va “Sinergiya” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sinergiya” korporatsiyasining vitse-prezidenti Yerofeyev Mixail Valeriyevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.