Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/12/2025
Chop etish
Faxriy ustozlar holidan xabar olindi va Yangi yil munosabati bilan esdalik sovg‘alar topshirildi.

Har yilgi an’anaga muvofiq, universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Yangi yil arafasida jamoada uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan va ta’lim-tarbiya sohasiga beqiyos hissa qo‘shgan faxriy ustozlar holidan xabar olindi. Ularning uylariga tashrif buyurilib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi, salomatliklari va kayfiyatlari so‘raldi.

Tashrif davomida faxriy ustozlarga universitet jamoasi nomidan samimiy tilaklar bildirilib, ularning ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Shuningdek, Yangi yil munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi, bu e’tibor va g‘amxo‘rlik ustozlarda iliq taassurot qoldirdi.

Bunday ezgu tashabbuslar faxriy ustozlarga bo‘lgan hurmat va qadr-qimmatni mustahkamlab, avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytiradi hamda universitet jamoasida hamjihatlik va insoniylik tuyg‘ularini yuksaltiradi.


Ulashish:
4 374
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...