Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/01/2026
Chop etish
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasiga asoslangan o‘quv seminari o‘z ishini davom ettirmoqda.

5–10-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur seminar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ravshan Jo‘rayevich Ishmuhamedov tomonidan olib borilmoqda.

Seminarning ikkinchi kuni pedagogik texnologiyalarning maqsadi, mohiyati va mezonlari, ularni o‘quv jarayonida qo‘llash, mashg‘ulotlarni interaktiv ta’lim asosida tashkil etish metodikasi, muammoli o‘qitish texnologiyasi, shuningdek, o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan to‘siq va qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llari kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlandi.

O‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza va seminar shaklida o‘tib, ishtirokchilar pedagogik texnologiya nima ekani, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va samaradorligi haqidagi savollarga javob izlashdi. Seminar davomida professor-o‘qituvchilar murakkab masalalar yuzasidan fikr almashib, zamonaviy va qiziqarli ta’lim metodlarini o‘rganish jarayonida faol ishtirok etdilar.


Ulashish:
2 985
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...