Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/03/2017
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti videokonferensiya zalida “24 mart Butunjaxon silga qarshi kurash kuni” munosabati bilan davra suhbati bo`lib o`tdi

Davra suhbatini Jizzax viloyati Sil dispanseri katta shifokori Z.Rasulmatova ochib berdi va olib bordi. Z.Rasulmatova o‘z nutqida Sil kasalligi tarixi, kelib chiqish sabablari, klinikasi, profilaktikasi hamda davolash yo‘llari haqida gapirdi. Jumladan, sil kasalligi juda xavfli, yuqumli kasalliklardan biri ekanligini, undan xalos bo‘lish uchun oylab, yillab davolanib yurish kerakligini talabalarga tushuntirib o‘tdi. Sil kasalligi ayniqsa, tug‘ish yoshdagi ayollar, immuniteti past kishilarga, qandli diabet kasalligi bor kishilarga tez va oson yo‘l bilan yuqishini ta’kidladi.11

Shuningdek, sil kasalligi xavo tomchilari orqali, bir xonadonda ushbu kasallikka chalingan bemorlar bilan yashash sharoitida, shaxsiy gigienaga rioya qilmagan hollarda yuqishini aytib o‘tdi. Davra suhbati davomida so‘z olganlar, Respublika Salomatlik va tibbiy statistika instituti Jizzax filiali katta shifokori Z.Sattorova, o‘rta tibbiy xodimi M.Buxorovalar ham ushbu kasallik haqida yig‘ilganlarga o‘zlarining tushunchalarini berib o‘tdilar.

13

Yuqoridagi ma’ruzalardan so‘ng, talabalarning bugungi ma’ruzadan olgan bilimlarini sinash maqsadida anketa so‘rovnomalari o‘tkazildi. Va talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar atroflicha javoblar berishdi.

12

Savol-javoblardan so‘ng, sil kasalligi tarixi va kelib chiqish sabablari, yurtimizda ushbu kassalikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida videorolik namoyish etildi. Talabalar ushbu kasallik haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.


Ulashish:
1 270
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga mos ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan dolzarb masalalarni...
JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasiga asoslangan o‘quv seminari o‘z ishini davom ettirmoqda.