Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/04/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti Qo‘shma ta’lim dasturlari kafedrasi mudirinin BarDUga tashrifi

2022-yil 18-apreldan 28-aprelgacha boʻlgan davrda hamkorlik shartnomasini amalga oshirish doirasida Jizzax davlat pedagogika instituti (Oʻzbekiston) Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻlimi mudiri Jelyalov Marlen Zaidovich taʼlim Baranovichi nomidagi davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif uchrashuvlar va muzokaralarga boy tarzda o‘tmoqda. Tashrif davomida  M.Z. Jelyalov universitetning o‘quv-laboratoriya va moddiy-texnika bazasi, kutubxona fondi, Jizzax davlat peadgoigka instiutidan borgan talabalarning ta’lim olishi va yashashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek  universitet rahbariyati – rektor Unsovich Aleksandr Nikolaevich, birinchi prorektor Vladimir Klimuk Vladimirovich, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Naranovich Oksana Ivanovna, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Huseynova Inessa Eyvazovna bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida kelgusidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini davom ettirish shartlari belgilab olindi.

Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida, xususan, BarDUda “Maktabgacha ta’lim” va “Amaliy psixologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zbekistonlik talabalarning darslarida qatnashayotgan Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani Yatsenko Tatyana Evgenievna , Madaniyat va ijod bo‘limi boshlig‘i Anna Greze Vladimirovna, sport klubi rahbari Sheyko Aleksandr Ivanovich bilan BarDU da xorijlik talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan  sharoitlari bilan tanishishdi.

 

 


Ulashish:
913
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.