Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida 5 ming nafardan ziyod talaba-yoshlar qamrab olindi.
Bugun erta tongda yurish marafonining yakuniy, umumuniversitet bosqichi o‘tkazildi. Unda qariyb 1000 nafarga yaqin talaba-yoshlar tyutorlar boshchiligida ishtirok etdi.

















Marafon universitet hududidan boshlanib, Yoshlar shaharchasi bo‘ylab davom etdi. Ushbu tashabbus talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik muhitini mustahkamlashga qaratildi.
