Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/03/2026
Chop etish
JDPUda xalqaro seminar va uchrashuv tashkil etildi

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetiga Dilek Öztürk tashrif buyurdi.

U Anadolu University Ochiq ta’lim fakultetida Xorijiy dasturlar, xususan, Markaziy Osiyo yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul mutaxassis hisoblanadi.

Tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida seminar va ochiq muloqot tashkil etilib, unda turk tilini onlayn platforma orqali o‘rganish tajribasi, zamonaviy masofaviy ta’lim tizimlari hamda o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etish hamda talabalar almashinuvi imkoniyatlari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Shuningdek, Dilek Öztürk tomonidan Anadolu universitetida ikkinchi mutaxassislik asosida bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatlari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.

Jumladan, qabul tartibi, hujjat topshirish jarayonlari, ta’lim shakllari (onlayn va masofaviy), shuningdek, bitiruvchilarga beriladigan diplomlarning xalqaro darajada tan olinishi masalalari atroflicha tushuntirildi.


Ulashish:
696
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.