Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Anora Jabborova ochib berdi. Seminarda universitet doktorantlari, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.






Clarivate kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy vakili, naukometriya bo‘yicha ekspert, PhD Diana Abdumo‘minova ishtirokchilarga Web of Science, Pivot-RP va ProQuest platformalaridan foydalanish, ilmiy manbalarni izlash, tadqiqotlarni tahlil qilish hamda xalqaro grant va moliyalashtirish imkoniyatlarini topish bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berdi.





Seminar ishtirokchilarning xalqaro ilmiy resurslar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.
