Jizzax davlat pedagogika universitetida universitet Rus tili va adabiyoti kafedrasi taşkilotçiligida “Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Konferensiyada rus filologiyasining zamonaviy rivojlaniş tendensiyalari, rus tilini köp madaniyatli ta’lim muhitida öqitiş, tilşunoslik va adabiyotşunoslikning fanlararo tadqiqotlari, tarjimaşunoslik, madaniyatlararo muloqot hamda raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi örni muhokama qilindi.

Tadbirda Rossiya, Malayziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tunis va Özbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirok etdi. Yalpi majlisda rus filologiyasining dolzarb masalalari, zamonaviy ta’lim metodlari, sun’iy intellekt va raqamli vositalarning filologik tadqiqotlardagi imkoniyatlariga oid ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiya doirasida sakkizta şöba faoliyati taşkil etilib, ularda rus filologiyasining istiqbollari, bilingvizm, rus adabiyotining jahon madaniyatidagi örni va boşqa dolzarb ilmiy yönalişlar yuzasidan fikr almaşildi.

Tadbir yakunida muhokamalar sarhisob qilinib, yakuniy rezolyutsiya qabul qilindi. Konferensiya filologiya sohasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş va tajriba almaşiş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
