Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/08/2026
Chop etish
JDPUda WFK IT ko‘ngillilar dasturi doirasida madaniy almashinuv va sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Sejong universitetining WFK IT ko‘ngillilar guruhi hamda JDPU talabalari ishtirokida madaniy almashinuv dasturi tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Koreya madaniyati va milliy an’analari bilan yaqindan tanishib, koreys taomlarini tayyorlash jarayoni namoyish etildi. Shuningdek, JDPU talabalari tomonidan o‘zbek milliy madaniyati va musiqiy an’analarini aks ettiruvchi badiiy dastur taqdim etildi.


Mazkur tadbir ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida madaniyatlararo muloqot, do‘stlik va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Dastur yakunida IT, sun’iy intellekt va Koreya madaniyati yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan JDPU talabalariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.


Ulashish:
762
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.