Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/10/2025
Chop etish
JDPUda milliy birdamlik: Dekanlar Osh Festivali

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar nafaqat bilim oladi, balki do‘stlik, birdamlik va milliy an’analarni qadrlaydi.

1-sonli talabalar turar joyida o‘tgan “Dekanlar osh” festivali ham ana shu qadriyatlarning yorqin namunasi.Tadbirni ochib bergan Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Farrux Akchayev osh chempionatiga start berdi.

TTJ hovlisi gavjum, oshga harakat va shirin tabassumlar, lutf-kalomlar dilga yoqadi. Bir tarafda sabzilar chopilgan, boshqa joyda go‘sht-piyoz qovurilib, olov miltillaydi. Kimdir o‘choqqa o‘t qalayapti, talaba qizlar dasturxonni hafsala bilan bezash taraddudida … Xullas, har bir fakultet o‘z uslubini namoyish etishga harakat qilmoqda. Hech kim qo‘l qovushtirib turgani yo‘q!

 

Qozonlar birdek qaynab, havoni qitiqlab yuborgan xushbo‘y hid barchaga “intizorlik” degan tuyg‘uni ulashmoqda. Dekanlar oshga gazak tayyorlashni ham unutmagan. Qo‘shiqlar, quvnoq raqslar esa bayramona muhitga yanada joziba qo‘shgan.

Universitetning “Pazanda” to‘garagi a’zolari o‘zlarining sirli retseptlarga boy, hil-hil salatlari bilan mehmonlarni xushnud etishdi.Yosh pazandalar tayyorlagan har bir salat nafaqat ko‘rinishi, balki ta’mi orqali ham mehmonlarni maftun etdi. Sabzavotlarning sharshara hidi, bezakli tartibi, mazali souslari barchaga zavq bag‘ishladi.

Vaqt keldi! Doshqozonlar qopqog‘i birin-ketin ochildi. Laganlardagi palovxonto‘ralar ko‘z quvnatadigan darajada turfa bezak va ta’m bilan suzildi. “Qaysini tatib ko‘ray?” degan muammo hakamlar hay’atini o‘ylatib qo‘ydi.

Hakamlar hay’ati 9 ta fakultet tayyorlagan oshga baho berar ekan, har bir laganga mehr bilan suzilgan taomda jamoa mehnati,birdamlikni ham hisobga olishdi. Osh damlash haqiqatan ham san’at ekanining isboti bu!

1. Eng mazali oshMaktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti2. Eng nafis ko‘rinishTarix fakulteti3. Milliy ruhdagi oshPedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti4. Eng yangicha taomlanishTabiiy fanlar fakulteti5. Eng xushbo‘y oshFizika-texnologik ta’lim fakulteti6. Eng jamoaviy mehnat mahsuliFilologiya fakulteti7. Tomoshabinlar mehriJismoniy tarbiya va sport fakulteti8. Eng diyetik oshTibbiyot fakulteti9. Eng mehr bilan tayyorlangan oshAniq fanlar fakulteti

Festival natijasiga ko‘ra faqat bitta fakultet emas, JDPUning o‘zi — yagona jamoa sifatida g‘olib deb topildi. Bu kun JDPU tarixida munosib sahifa bo‘lib qoldi.

Turkcha qo‘shiqmi, xorazmcha raqsmi — farqi yo‘q. Hamma raqsga tushdi, quvondi, kuldi. hatto qozonlar ham “shaqq” etib raqsga tushib ketgudek.Shogirdlar, ustozlar, dekanlar… bir safda, bir ritmda! Osh festivali JDPU xotiralar daftariga katta harflar bilan bitildi. Zero bunday bayram… tez unutiladiganlardan emas! 😊🍚✨


Ulashish:
1 457
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga mos ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan dolzarb masalalarni...
JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasiga asoslangan o‘quv seminari o‘z ishini davom ettirmoqda.