Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/02/2026
Chop etish
JDPUda giyohvandlikka qarshi profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga undash hamda giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining salbiy ijtimoiy-huquqiy oqibatlari haqida tushunchalarini yanada kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida tibbiyot mutaxassislari hamda huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan giyohvandlikning inson salomatligiga, oila va jamiyat barqarorligiga ta’siri, shuningdek, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Savol-javoblar orqali talabalarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbir so‘ngida universitetning “Ilhom” talabalar teatr-studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan “Kech” nomli spektakl namoyish etildi. Mazkur sahna asari giyohvandlikning og‘ir va qaytarilmas oqibatlarini badiiy talqinda yoritib, tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini qaror toptirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tashabbus sifatida ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
2 259
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.