Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/06/2026
Chop etish
JDPUda 5 mingdan ortiq bitiruvchi yakuniy sinovlarda ishtirok etmoqda

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026 o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari tashkil etildi.

Joriy o‘quv yilida universitetning 26 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 19 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 5029 nafar bitiruvchi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etmoqda.Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari 2026-yil 11-iyundan 19-iyunga qadar davom etadi.

Attestatsiya sinovlari har kuni ikki smenada — soat 08:30 va 15:00 da universitetning belgilangan auditoriyalari va amaliyot maydonlarida o‘tkazilmoqda.Bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari universitetning tegishli auditoriyalarida amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida tashkil etilgan.

Jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida attestatsiya sinovlari to‘liq onlayn videokuzatuv ostida tashkil etilib, jonli efir orqali translyatsiya qilinmoqda.

Shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash maqsadida barcha sinovlar onlayn videokuzatuv ostida o‘tkazilib, jonli efir orqali translyatsiya qilinmoqda.


Ulashish:
823
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.