Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/07/2025
Chop etish
JDPU va Hindistonning National Heart Institute o‘rtasida strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
2025-yil 7–9-iyul kunlari Jizzax Davlat pedagogika universitetiga (JDPU) Hindistonning National Heart Institute xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Dr. Anand Kumar Tripathi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan keldi. Delegatsiya tarkibida Zafar Khan hamda Hindistonning Janessa Educare konsalting firmasi direktori Jerry Mendes ham ishtirok etdi.

Mazkur tashrif JDPU va Hindistondagi yetakchi tibbiyot instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim va amaliyot sohasida o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, JDPUning xalqaro nufuzini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Ilk bor — JDPU rektorining xalqaro maslahatchisi tayinlandi.

Tashrifning asosiy qismi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Unda JDPU rektori Shavkat Sharipov va Dr. Anand Kumar Tripathi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi hamda hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shu munosabat bilan, Dr. Anand Kumar Tripathi JDPUni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish bo‘yicha rektorning jamoatchilik asosidagi maslahatchisi etib tayinlandi.

Bu lavozim universitet tarixida ilk bor joriy etilib, uning doirasida JDPUning xalqaro hamkorlik salohiyatini kengaytirish, xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish, ta’lim xizmatlarini eksport qilish, shuningdek, JDPUni xalqaro ta’lim bozorida raqobatbardosh brend sifatida shakllantirish ko‘zda tutilgan.

JDPU imkoniyatlari bilan tanishuv — muhim taassurotlar

Tashrif doirasida mehmonlar JDPUda talabalar uchun yaratilgan infratuzilma bilan yaqindan tanishishdi. Ular universitetning tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ta’lim jarayonlari, zamonaviy auditoriyalar, ma’ruza zallari, talaba-abituriyentlar bilan ishlovchi Registrator bo‘limi, hamda barcha qulayliklarga ega yotoqxona faoliyati bilan tanishishdi.Mehmonlar, ayniqsa, JDPUda 24/7 faoliyat yuritadigan, turli sohalar bo‘yicha boy adabiyotlar fondiga ega bo‘lgan elektron va an’anaviy kutubxona faoliyatini yuqori baholashdi.

Shifoxonalarga tashrif — amaliyotdagi hamkorlik imkoniyatlari

Tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida delegatsiya Jizzax shahridagi qator tibbiy muassasalarga ham tashrif buyurdi. Bu tashrif orqali JDPU talabalari uchun yaratilgan amaliy tajriba o‘tish sharoitlari, shifoxonalar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari bilan tanishildi.

Xorijiy talabalarni jalb qilish — istiqbolli maqsadlardan biri

Uchrashuvlar davomida JDPUga Hindistonlik talabalarni tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga jalb etish masalasi ham muhokama etildi. Dr. Anand Kumar Tripathi mazkur yo‘nalishda keng qamrovli tashviqot ishlarini olib borishini, JDPUni Xindistonda va boshqa xorijiy davlatlarda faol targ‘ib qilishini ma’lum qildi.


Ulashish:
8 511
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Biz kelajagimizga befarq emasmiz!” universiteda o‘tkazilgan psixologik aksiya ana shunday nomalndi.
Bugun universitetimizda Pedagogika-psixologiya hamda Inklyuziv ta’lim fakultetlari talabalari ishtirokida “Biz kelajagimizga befarq emasmiz!” nomli psixologik aksiya yuqori kayfiyat va faollik ruhida tashkil etildi.
Professorlar safi yana bittaga ko‘paydi: ilmiy unvon attestati tantanali topshirildi.
Har doimgidek kengash yig‘ilishi taqdirlash marosimi bilan boshlandi.Universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich Rahmatova Feruza Abulqosimovnaga ilmiy unvon attestatini tantanali ravishda topshirib, uni ushbu yuksak ilmiy...
Qadrli talabalar! Aziz yoshlar!
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid masalalar davlat darajasiga ko‘tarilgani, siz kabi bilimli, shijoatli va innovatsion fikrlaydigan avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani barchamiz uchun...