JDPU da «Xotin-qizlar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish» mavzudida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Abduvaliyeva ochib berdi. Seminarda Viloyat hokimi o’rinbodari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i N.A.Muxtorova ishtirok etib, Xotin-qizlar kengashlari faoliyati, ularning joylarda olib borilayotgan faoliyatining samaradorligi xususida, davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga yaratilayotga sharoitlar haqida alohida fikr- mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek seminarda talaba-qizlarni oilaga tayyorlash, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, erta nikoh va erta tug’riqning salbiy oqibatlari, tayzyiq va zo’ravonlikning oldini olish mavzularida so‘z bordi. Seminar ishtirokchilar mavzu doirasida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda bu kabi holatlarnigg oldini olish borasida ham takliflar bildirishdi. Seminar Maktabgacha ta’lim fakultetiga sayohat bilan davom ettirildi.
Fakultet dekani prof.Yaxshiyeva Z. Z., Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shaxnoza Bo’ronovalar tomonidan fakultetda talaba-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar seminar ishtirokchilariga ko‘rgazmalar asosida tanishtirildi. Seminar yakunida universitet psixologi Bobir Bosimov tomonidan mehmonlar ishtirokida psixologik trening o’tkazildi.