Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/02/2021
Chop etish
JDPI yana   xorijiy OTM  bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Jizzax davlat pedagogika instituti qisqa vaqt ichida bir necha xorijiy OTM lar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Navbatdagi uchrashuv Rossiyaning nufuzli oliygohlaridan biri Novosibirsk davlat universiteti qoshidagi Gumanitar institut bilan bo‘lib o‘tdi. Zuev Andrey Sergeevich boshchiligidagi bo‘lajak hamkorlar hamda JDPI vakillari uchrashuvni   oliygohlari haqidagi qisqa tanishtiruv bilan boshlashdi. Muzokara davomida  asosan  tarix fanini o‘qitish metodikasi, arxeologiya va muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha professor o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi haqida so‘z bordi. Suhbat so‘ngida Rossiyalik hamkasblar aniq reja asosida ishlash taklifini bildirish bilan bir qatorda memorandumlar imzolagunga qadar ham Jizzax davlat pedagogika instituti talabalariga bepul onlayn ma’ruzalarda bemalol ishtirok etishlari uchun sharoit yaratib berishlarini va’da berishdi.

“ Aloqalarimiz mustahkamlanib safimiz yana bittaga ko‘payishidan mamnunmiz, Novosibirsk Universiteti vakillari sanab o‘tgan halqaro hamkorlari qatorida bizning Jizzax davlat instituti ham bo‘lishini  shuningdek biz bilan ham mustaxkam va ishonchli aloqalar o‘rnatilishiga umid qilamiz”,- deydi instiut rektori Sh. Sharipov  uchrashuv so‘ngida.

 


Ulashish:
658
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.