Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/02/2021
Chop etish
JDPI xalqaro Webometrics retingigida yuqori natija qayd etdi

Ranking Web yoki Webometrics Ranking 2004 yildan buyon dunyo bo‘ylab 31 mingdan ziyod universitet va institutlarni qamrab olgan xalqaro reyting tashkiloti hisoblanadi. Tashkilot reyting ma’lumotlari yilda ikki marotaba – yanvar va iyul oyida e’lon qilinadi.

Xalqaro Webometrics Ranking tashkilotning 2021 yildagi ilk e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika instituti yurtimizdagi 128ta universitet va institut orasida ikkinchi, dunyo reytingida 31 mingdan ziyod oliy o‘quv yurti orasida 5491-o‘rinni egalladi.

Reyting 4 ta mezon asosida baholangan. Bu ko‘rinish – oliy ta’lim muassasalarining saytiga tashqi saytlarning bog‘liqligi, mukammallik – saytlarga joylashtirilgan ishlar mukammalligi, ochiqlik – saytlarga joylashtirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, mualliflar maqolalarining ishonchliligi va mavjudlik – asosiy domen sahifalari va subdomenlar soni, ulardagi hujjatlarning mavjudligi bilan baholanadi


Ulashish:
713
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.