Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/12/2021
Chop etish
Institutda darsliklar taqdimoti o‘tkazildi.  

Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakultetida Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, “Turon” fanlar akademiyasi akademigi, A.G.Nebolsin nomidagi Xalqaro mukofot laureati, Xalq maorifi a’lochisi, texnika fanlari doktori, professor To‘raqulov Xolbo‘ta Abilovich tomonidan tayyorlangan darsliklar taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotni institut rektori  Sh.Sharipov ochib berdi.

Shundan so‘ng dotsent M.Rabbimov hamda G.Xolboevalar  “Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi”, “Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar” nomli darsliklar mazmun-mohiyati va uning magistratura ta’limidagi ahamiyati haqida ma’ruza qilishdi.

“Darslik yaratish – bu savobli ish (intellektual saloxiyat). Uning yordamida bo‘lajak mutaxassis kasbiy faoliyatga tayyorlanadi va shu asosda jamiyatda o‘z o‘rni hamda nufuziga ega bo‘ladi. Shu sababli ham o‘quv adabiyotlari ta’lim oluvchining kasbiy jihatdan yetuk va intellektual salohiyatli bo‘lishda beqiyos qimmatli manbadir”-deydi X. To‘raqulov.

Darhaqiqat, darsliklar o‘qituvchi nimani o‘qitishini va ta’lim oluvchi nimalarni o‘rganishini belgilab beradigan vositadir. Tadbir davomida ishtirokchilar bu boradagi fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Taqdimot marosimi  qizg‘in munozara va savol javoblar  asosida bo‘lib o‘tdi.

 


Ulashish:
868
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.