Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/12/2020
Chop etish
Institut va litsey hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3- dekabrdagi № PQ 4910- sonli “Iqtidorli yoshlarini saralab olish tizimi va akdemik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini joylarda ta’minlash maqsadida, 15 dekabr kuni litsey faollar zalida A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institui rahbariyati “Sayiljoyi” akademik  litsey jamoasi va yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu  uchrashuv yangi qaror muhokamasiga bag‘ishlandi. JDPI rektori Sh.S.Sharipov qarordagi har bir bandiga to‘htalib. Bu borada  litsey o‘qituvchilari bilan fikr almashildi. «Endilikda litsey bilan institut bitta oila kabi, bir yoqadan bosh chiqarib yangi quyilgan vazifalarni birgalikda bajaradi. Muhtaram prezidentimiz yoshlarimizga, ularga talim berayotgan ustozlariga alohida etibor berganlari, bizga yanada kuch g‘ayrat bag‘ishlaydi»: deydi o‘z nutqida oliygoh rektori. Shuningdek u  litsey moddiy texnik bazasini mustahkamlash borasida bir qator fikr mulohazalari va takliflarini bildirib o‘tdi. Jumladan litseyda SMART xonasini tashkil etish, litsey ARMni kerakli va  noyob kitoblar bilan boyitish, o‘quvi yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun  sport inventar bilan jihozlab berishda o‘z yordamini ayamasligini ta’kidladi. Uchrashuv davomida o‘qituvchilar tomonidan berilgan takliflar institut rahbariyati tomonidan inobatga olinib atroflicha muhokama qilindi.

 


Ulashish:
896
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.