Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi dotsenti v.b. Jabborova Anora tomonidan 2020 yil 17 Sentabr kuni “Characteristics of Good Language Learners!” mavzusida 2 bosqich talabalari uchun “Chet tillar o‘qitishning integrallashgan kursi” fanidan onlayn dars o‘tkazildi.
Onlayn dars ZOOM dasturi orqali tashkillashtirildi. Onlayn darsda 2 bosqich talabalari va kafedra o‘qituvchilari ishtirok etishdi.


Jabborova Anora onlayn dars orqali talabalarga mavzu yuzasidan taqdimot o‘tkazdi va mavzu yuzasidan talabalar bilan savol-javob orqali munozara tashkillashtirdi. Barcha talabalar faol ishtirok etishdi va ushbu onlayn darsdan Moodle platformasi bilan ishlash yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
