Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/03/2021
Chop etish
 Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi.

(JDPI da bo‘lgan seminar ana shunday nomlandi.

Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi.

Bugun yurtimizdagi barcha OTMlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida  seminarlar o‘tkazilmoqda. Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan ana shunday seminarga Jizzax  viloyat IIB –Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari, Hadis ilmi oliy maktabi o‘qituvchilari taklif etildi. Oliygoh talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda so‘zga chiqqanlar Islom dini insonni ruhiy, jismoniy poklanish yo‘li bilan kamolatga yetaklab, muntazam ravishda ijtimoiy faollikka, ma’rifatli bo‘lishga da’vat etishini, muqaddas dinimizda  masalaga ko‘r-ko‘rona yondashuv, biryoqlama xulosalar keskin qoralanishini misollar orqali ta’kidlashdi.

“ Dunyo miqyosida ko‘plab shafqatsizliklar sodir etilayotgan, din niqobi ostida buzg‘unchiliklar avj olayotgan bir davrda yashayapmiz. Ayonki, dunyodagi barcha yovuzlik, qon to‘kishlar, buzg‘unchiliklar nafsiga asir bo‘lganlarning jirkanch ishidir.  Agarki biz tekshirilmagan yolhon ma’lumotlarga ishonsak, vaqtni boy bersak unda juda kech bo‘ladi, ”-deydi Hadis ilmi oliy maktabi o‘qituvchisi Bahodir A’zamov.

Vaqt-yoqutdir. Yoqutni har qancha pulga va istagan paytingizda sotib olishingiz mumkin. Lekin vaqtni billur va yoqutlarga sotib olomaysiz. Vaqtingizni bekorcha va aldamchi, oxiri sarob ishlarga boy bermang, Umringizni , o‘zingizni yotlardan asrang aziz yoshlar. Seminarda so‘zga chiqqanlar aynan shu so‘zni takrorlashdi. Savol javob va  Samimiy suhbat tarzda o‘tgan seminarning asosiy shiori ham maqsadi ham shu edi aslida.


Ulashish:
1 044
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.