Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/02/2017
Chop etish
Ijtimoiy fanlar kafedrasi va Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan hamkorlikda Zahiriddin Mirzo Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan “Mirzo Boburni yod etib…” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi

             Adabiy kechani ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi F.Abdusamadov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida o‘zbek xalqining tarixi, buyuk ajdodlarimiz, allomalarimiz haqida bugungi yoshlarning ularga munosib voris bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.2 Bugungi adabiy kechamiz shunday allomalarimizdan biri Zahiriddin Mirzo Bobur tavalludining 534-yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgani haqida aytib, barchani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 206-guruh tomonidan tashkillashtirilgan kechani tomosha qilishga chaqirdi.

            Shundan so‘ng, sahnalashtirilgan kecha dastur asosida namoyish etildi. Kecha davomida dastlab, Mirzo Boburning hayoti haqida ma’lumot berildi. Keyin talabalar tomonidan Boburning ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

1

Navbat Bobur g‘azali asosida yaralgan qo‘shiqqa yetib keldi. Sahna ko‘rinishi Muhammad Shayboniyxon tomonidan Samarqand qamali paytida Boburga qo‘ygan sharti paytida Bobur va Xonzodabegim o‘rtasida tortishuvli holat, nochor vaziyatda kolganligi badiiy mahorat bilan ko‘rsatib berildi.          
Adabiy kecha yakunlovchi qismini tadbirni tashkillashtirgan kafedra o‘qituvchisi F.Abdusamadov xulosa so‘zini aytib, guruhga minnatdorchilik bildirgan holda yopib berdi.


Ulashish:
1 749
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Yoshlik fasli” milliy liboslar namoyishi doirasida universitet malikası aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bayram tantanalari doirasida yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy meros va an’analarga hurmatni oshirish maqsadida “Yoshlik fasli” milliy...
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan faxriylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.